
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening so'nggi o'yindagi harakatlarini izohladi. Ispaniya kubogi 1/16 finalida «qaymoqranglilar» chorshanba kuni «Talavera»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvda jamoa hujumchisi Mbappe dubl qayd etib, g'alabaga munosib hissa qo'shdi. «Mbappening statistikasi o'zi hammasini aytib turibdi, biroq Rodrigoning hissasini ham albatta alohida ta'kidlash kerak.
Bizga shunday samarali futbolchilar zarur. Bugun yanada ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi», dedi Alonso matbuot anjumanida.
Mbappe joriy mavsumda «Real» safida barcha turnirlarda 23 o'yinda 28 ta gol urdi. Yil boshidan buyon esa hujumchi klub va Fransiya terma jamoasi tarkibida jami 63 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.