Vulverxempton Vest Xemni yanchib tashladi

APLning 20-tur uchrashuvida «Vulverxempton» o‘z maydonida «Vest Xem»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, bu raqib ustidan Premer-ligadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Mezbonlar hal qiluvchi daqiqalarda imkoniyatlardan unumli foydalandi va himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
O‘yin boshidanoq «Vulverxempton» yuqori temp o‘rnatdi. 4-daqiqada Jon Arias Xi Chan Xvan ishtirokidagi hujum yakunida hisobni ochdi. Keyin mezbonlarning bosimi penaltiga olib keldi va uni Xi Chan Xvan aniq ijro etdi.
Tanaffus arafasida Mateush Mane jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan farqni yirik ko‘rinishga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda «bolg‘achilar» to‘pga ko‘proq egalik qilgan bo‘lsa-da, xavfli vaziyatlarni tez-tez yarata olmadi. «Volklar» tartibli himoyalanib, qarshi hujumlar bilan muntazam javob qaytardi. VAR ikki bor ehtimoliy penalti epizodlarini tekshirdi, biroq hisob o‘zgarmadi. Yakunda mezbonlar uchrashuvni xotirjam yakunlab, ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!