Xabi Alonso La Ligada Barselona bilan poyga haqida gapirdi

Xabi Alonso La Ligada Barselona bilan poyga haqida gapirdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Ligadagi chempionlik poygasi va «Barselona» bilan raqobat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni «qaymoqranglilar» «Betis»ni 5:1 hisobida tor-mor etib, turnir jadvalida «Barselona»dan ortda qolayotgan farqni yana 4 ochkogacha qisqartirdi. Bir kun avval esa kataloniyaliklar «Espanol»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.

«Kecha “Barselona” g‘alaba qozondi, biz esa hali ko‘p o‘yinlarda yutishimiz kerak. Hozir bizda 45 ochko bor, maqsadimiz — 90 ochkoga yetish. Oldindagi uchrashuvlarga qarab, juda keskin kurash bo‘lishi ko‘rinib turibdi», — dedi Alonso matbuot anjumanida.

8-yanvar kuni «Real» Ispaniya Superkubogi ikkinchi yarim finalida «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi. Ilk finalchi 7-yanvar kuni «Barselona» — «Atletik» (Bilbao) bahsida aniqlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar