date

Richards Makfarlenning Chelsidagi debyutini yuqori baholadi

Richards Makfarlenning Chelsidagi debyutini yuqori baholadi

Londonning “Chelsi” klubida bosh murabbiy almashdi: italiyalik mutaxassis Entso Mareska lavozimini tark etdi. Jamoani vaqtincha Kalum Makfarlen boshqarib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Makfarlen ilk o‘yinidayoq “Manchester Siti”ga qarshi mag‘lub bo‘lmadi va bu natija “shaharliklar” sobiq futbolchisi Mayk Richardsni hayratda qoldirdi.

“Ular kimni olib kelishidan qat’i nazar, Makfarlen baribir shtabda qolib yordam beradi, deb o‘ylayman. U yaxshi mutaxassis. Debyutda “Siti”ga yutqazmaslik — juda ta’sirli. Futbolchilar uni qo‘llab-quvvatlashdi va safarda ochko olishdi”, — dedi Richards BBC Sport’ga.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Richards “Manchester Siti” safida 2005–2015 yillarda to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Richards Makfarlenning Chelsidagi debyutini yuqori baholadi