Luis Enrike Parij derbisida jamoa yuqori motivatsiyada bo'lishini aytdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike «Parij»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Fransiya chempionati 17-tur uchrashuvi 4-yanvar kuni soat 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis jamoaga tanaffus zarur bo‘lganini ta’kidladi: PSJ to‘rt mashg‘ulotdan keyin yana ish ritmiga qaytgan. Enrike futbolchilarni qayta ko‘rib turganidan, ularning jismoniy holati yaxshi ekanidan mamnunligini bildirib, yakshanbani intiqlik bilan kutishayotganini aytdi.
Murabbiy derbi oldidan motivatsiya doimo yuqori bo‘lishini urg‘uladi: uning so‘zlariga ko‘ra, bu bahs har doim alohida ahamiyatga ega. Enrike Parijdek shaharda shunday to‘qnashuvlar bo‘lishi futbol muhiti uchun ham juda foydali ekanini qo‘shimcha qildi.
Turnir jadvalida PSJ 36 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, «Parij» esa 16 ochko bilan 15-pog‘onada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!