date

Kimmix Bavariyadagi eng yaxshi sherigini aytdi

Kimmix Bavariyadagi eng yaxshi sherigini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix faoliyati davomida bir jamoada o‘ynagan eng kuchli futbolchi kim bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi. Germaniyalik хавбек «Bavariya» safiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kimmixning so‘zlariga ko‘ra, mahorat va mentalitet nuqtayi nazaridan Frank Riberi juda ta’sirli futbolchi bo‘lgan. Toza iste’dod haqida gap ketganda esa u hamma ishni qila oladigan Tiago Alkantarani alohida tilga oldi.

Biroq barcha jihatlarni jamlab baholaganda, Kimmix uchun eng yaxshi hamkor — David Alaba. U Alabani nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham muhim figura bo‘lganini, hamma bilan til topishib, jamoani birlashtirganini va doimo yordam berib turganini ta’kidladi. Futbolchi bu fikrini Bild nashriga bergan intervyusida aytgan.

Eslatib o‘tamiz, David Alaba 2021 yilgacha «Bavariya»da to‘p surgan, shundan so‘ng erkin agent sifatida Madridning «Real» klubiga o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kimmix Bavariyadagi eng yaxshi sherigini aytdi