date

Marotta Inter Kanselu bo'yicha muzokaralar ketayotganini aytdi

Marotta Inter Kanselu bo'yicha muzokaralar ketayotganini aytdi

“Inter” prezidenti Juzeppe Marotta milanliklar “Al-Hilol” himoyachisi Joau Kanseluni safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Marottaning so‘zlariga ko‘ra, Denzel Dyumfris jarohatdan keyin yana ikki oycha tiklanadi va aynan shu holat o‘ng qanot himoyachisi bo‘yicha bozorga chiqishga majbur qilmoqda. “Biz Kanselu masalasini muhokama qilyapmiz. Dyumfris yo‘qligini inobatga olsak, o‘ng himoyachi kerak. Kanseluning maoshi katta, shu bois hozir vaziyat tafsilotlarini aniqlashtiryapmiz. Ammo bitta narsa aniq: “Inter”ga o‘ng himoyachi zarur”, — deya Marottaning fikrlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Shuningdek, klub rahbari Kanselu ehtimoliy kelishuvi “Al-Hilol”ning markaziy himoyani kuchaytirish rejasiga ham bog‘lanishi mumkinligini tasdiqladi. Saudiya klubi Franchesko Acherbi yoki Stefan de Vrey variantlarini ko‘rib chiqayotgani, Kanselu esa shu paket kelishuvning bir bo‘lagi bo‘lishi ehtimoli bor.

Joau Kanselu 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan “Al-Hilol”ga 25 million yevro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik 6 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Eslatib o‘tamiz, Kanselu avval ham “Inter” safida to‘p surgan: 2017–2018 yillarda milanliklar uni “Valensiya”dan ijaraga olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marotta Inter Kanselu bo'yicha muzokaralar ketayotganini aytdi