date

Ronalduni chetga surib, uning o'rniga yulduz qidirmoqda

Ronalduni chetga surib, uning o'rniga yulduz qidirmoqda

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidan norozi ekanini ko'rsatib, «Al-Nasr»ning so'nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmadi. Manbalarga ko'ra, Saudiya klubi 41 yoshli portugaliyalik futbolchini qo'yib yuborishga ham tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida ligadagi Ronaldu o'rnini boshqa jahon darajasidagi yulduz bilan to'ldirish istagi bor. Asosiy nishon sifatida «Liverpul» yetakchisi Mohamed Salah ko'rilmoqda, muqobil variant esa «Manchester Yunayted» futbolchisi Bruno Fernandesh. Bu haqda Transfer News Live The i Paper'ga tayanib xabar berdi.

OAV avval ham 33 yoshli Salah va 31 yoshli Fernandeshni Saudiya klublari bilan bog'lagan. Transfermarkt bahosiga ko'ra, ularning taxminiy narxi mos ravishda 30 va 40 million yevroni tashkil etadi.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduni chetga surib, uning o'rniga yulduz qidirmoqda