Al-Nasr Ronalduni almashtirishga yaqin, ikki nomzod tilga olindi

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidagi qarorlardan norozi ekanini bildirib, «Al-Nasr»ning so'nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmadi. Manbalarga ko'ra, Saudiya klubi 41 yoshli yulduz bilan xayrlashish variantini ham ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida Ronaldu o'rnini Pro-ligada boshqa global darajadagi futbolchi egallashini istashmoqda. Asosiy maqsad sifatida «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh ko'rsatilgan, muqobil nomzodlar qatorida esa «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh ham bor. Bu haqda Transfer News Live The i Paper nashriga tayanib xabar berdi.
Avvalroq 33 yoshli Saloh va 31 yoshli Fernandeshning Saudiya klublari bilan bog'liq ehtimoliy transferi haqida OAVda bir necha bor yozilgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, ularning taxminiy narxi mos ravishda 30 va 40 million yevroni tashkil etadi.
Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!