Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va navbatdagi bahsdan ham ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani aniq ijro etdi. Bu maglubiyat xitoyliklar uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi omadsiz natija bo'ldi.
6 turdan so'ng 4 ochko jamg'argan «Shanxay Shenxua» jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Sanfrecce Xirosima» esa 11 ochko bilan kuchli uchlikdagi o'rnini saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing