date

Anchelotti Endrikni Braziliya hujumida asosiy rolga tayyorlamoqda

Anchelotti Endrikni Braziliya hujumida asosiy rolga tayyorlamoqda

Qishda “Real”dan ijara asosida “Lion”ga o‘tgan hujumchi Endrik Fransiyada o‘zini yorqin tomondan ko‘rsatmoqda. Shu fon’da Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni yaqinlashib kelayotgan yig‘inga chaqirishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri L’Equipe’ga tayanib yozishicha, mart oyidagi xalqaro tanaffus paytida Endrik Braziliya terma jamoasining asosiy markaziy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.

Mart oxirida Braziliya jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Endrikni Braziliya hujumida asosiy rolga tayyorlamoqda