date

Anchelotti JCh-2026 uchun Braziliyaning 11 futbolchisini aytdi

Anchelotti JCh-2026 uchun Braziliyaning 11 futbolchisini aytdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati uchun yakuniy ro'yxatdan joy olishi aniq bo'lgan 11 nafar futbolchi nomini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

ESPN xabariga ko'ra, kafolatlanganlar qatorida darvozabon Alisson Beker, himoyachilar Markinyos va Gabriel, shuningdek yarim himoyadan Kazemiro hamda Bruno Gimaraes bor. Hujum chizig'ida esa Vinisius Junior, Estevao, Rafinya, Rodrigo, Gabriel Martinelli va Mateus Kunyaning nomi tilga olindi.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Musobaqa uchta mamlakat — AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida qabul qilinadi.

Amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi. U avvalgi mundial finalida Fransiyani mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti JCh-2026 uchun Braziliyaning 11 futbolchisini aytdi