AQSH Eron aviatsiyasiga ham sanksiya qoʻlladi

AQSH Eron aviatsiyasiga ham sanksiya qoʻlladi

AQSH Moliya vazirligi Eronga nisbatan amal qilib kelayotgan sanksiyalarni yanada kengaytirganini maʼlum qildi.

Bu haqda Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, yangi cheklovlar sakkiz nafar Eron fuqarosiga, shuningdek Eron va BAAda faoliyat yurituvchi toʻrtta kompaniyaga nisbatan joriy etilgan.

Bundan tashqari, Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan ikkita Boeing 777-200ER samolyoti ham sanksiya doirasiga kiritilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar