date

Toshkentda “Gʻalaba bogʻi”ga kirish vaqtincha cheklanadi

Toshkentda “Gʻalaba bogʻi”ga kirish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” hududida 9 may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan obodonlashtirish hamda yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonlar sabab 25 apreldan 1 mayga qadar Shon-sharaf davlat muzeyiga kirish vaqtincha toʻxtatiladi. Shu bilan birga, mazkur kunlarda bogʻ hududiga tashrif buyurish imkoniyati saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, 6–8 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va muzeyga kirish toʻliq cheklanishi belgilangan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu cheklovlar bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda “Gʻalaba bogʻi”ga kirish vaqtincha cheklanadi