Tramp Eron bilan kelishuvni dengiz blokadasiga bogʻliqligini qatʼiy bildirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish imkoni yoʻq boʻlib qolishi mumkinligini bildirdi.
U bu fikrlarni oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida bayon qilgan.
Trampning taʼkidlashicha, Eron Hormuz boʻgʻozini yopishdan manfaatdor emas, chunki ushbu yoʻl orqali kemalar harakatidan katta daromad oladi.
U shuningdek, Eronning bayonotlari mavjud vaziyatda oʻz mavqeini saqlab qolishga qaratilganini aytib oʻtgan.
AQSH rahbariga koʻra, agar blokada bilan bogʻliq qarorlar oʻzgarsa, Eron bilan muzokaralar umuman amalga oshmasligi mumkin.































Izohlar 0
…