date

Niko Gonsales: "Chempionlik kurashi juda qiziq, 50 ga 50 deb baholayman"

Niko Gonsales: "Chempionlik kurashi juda qiziq, 50 ga 50 deb baholayman"

“Manchester City” yarimhimoyachisi Niko Gonsales Angliya Premer-ligasidagi chempionlik uchun kurash haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, mavsum boshida jamoaga oxirgi besh tur qolganda ham chempionlik uchun kurashish imkoni boʻlishini aytilsa, futbolchilar bunga mamnunlik bilan rozi boʻlishgan boʻlardi. Hozir esa jamoa bu maqsadga juda yaqin kelgan:

"Agar mavsum boshida bizga soʻnggi 5 tur qolganida chempionlik uchun kurashamiz desa, rozi boʻlardik. Hozir juda yaqinmiz", — dedi Gonsales.

Shu bilan birga, futbolchi har bir oʻyinga alohida eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, eng muhim vazifa — keyingi raqib “Byornli”ga qarshi oʻyinga tayyorgarlik koʻrish va bosqichma-bosqich olgʻa siljish:

"Hamma eʼtiborni «Byornli»ga qaratishimiz kerak. Maqsad sari bosqichma-bosqich borish zarur", — dedi futbolchi.

Gonsales jamoaning umumiy holatidan qoniqish bildirib, chempionlik poygasi juda qiziq kechayotganini aytdi. U ikki jamoa imkoniyatlarini deyarli teng, yaʼni 50 ga 50 deb baholadi:

Oʻylaymanki, imkoniyatlar 50 ga 50. Oxirigacha juda qiziq bellashuv boʻladi. Men jamoamizga toʻliq ishonaman”, — dedi futbolchi City Xtra nashriga.

Maʼlumot uchun, “Manchester City” agar “Byornli”ni maglub etsa, ochkolar boʻyicha “Arsenal”ga yetib oladi. Avvalgi turda esa “shaharliklar” londonliklarni 2:1 hisobida yenggan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Niko Gonsales: "Chempionlik kurashi juda qiziq, 50 ga 50 deb baholayman"