Saudiya jurnalisti Ronalduni oldida tiz cho‘kmasligini aytdi

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidan norozi bo‘lib, «Al-Nasr»ning ayrim o‘yinlarida qatnashmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyat yuzasidan saudiyalik teleboshlovchi Valid al-Faraj keskin fikr bildirdi. Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni sport tizimi va liga reglamenti «qizil chiziq» bo‘lib, jahon yulduzi maqomi hech kimga qoidalarni buzish huquqini bermaydi. Al-Faraj «liga har qanday futbolchidan ustun», deya ta’kidladi hamda Ronalduni reglamentni hurmat qilishga chaqirdi.
Shuningdek, u «Biz Ronaldu oldida tiz cho‘kmaymiz. Nimani xohlaysiz, uni iltimos qilishimiznimi? Bizning mamlakatimiz va ligamiz hammasidan ustun», degan mazmunda fikrini yakunladi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronalduning «Al-Nasr» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!