Slutskiy jamoasi Osiyoning Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda “Sanfrechche Xirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba olib keldi. Bu mag‘lubiyat “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi omadsiz natija bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg‘arib, uchinchi pog‘onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing