date

Kivu skudetto haqida gapirdi Interda imkon nol

Kivu skudetto haqida gapirdi Interda imkon nol

Milanning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyadagi chempionlik poygasi borasidagi vaziyatga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni «neradzurrilar» safarda «Sassuolo»ni 5:0 hisobida tor-mor etdi va ikkinchi o‘rindagi «Milan»dan ustunligini 8 ochkoga yetkazdi. «Rossoneri»da esa bitta o‘yin zaxirada qolmoqda.

Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar Kivudan skudetto uchun kurashdagi imkoniyatlarni so‘raganida, ruminiyalik mutaxassis kutilmagan javob qaytardi.

«Hozircha — nol foiz. Oldinda hali juda ko‘p o‘yin bor, ko‘p ochkolar o‘ynaladi. Katta maqsad qo‘yganlar faqat biz emasmiz. Oldinda og‘ir mehnat turibdi», — dedi Kivu DAZN’ga bergan intervyusida.

Keyingi shanba, 14-fevral kuni «Inter» A Seriyaning 25-turi doirasida o‘z maydonida «Yuventus»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu skudetto haqida gapirdi Interda imkon nol