Nepomnyashchiy Safonovning PSJ safidagi so'nggi o'yinlarini baholadi

Mashhur rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy Fransiyada PSJ darvozasini qo'riqlayotgan Matvey Safonovning so'nggi uchrashuvlardagi o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda Rossiya terma jamoasi posboni joriy mavsumdagi yettinchi o'yinini o'tkazdi. Prinsipial to'qnashuvda parijliklar «Marsel»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:0.
«Men doim aytaman: u o'ynashi kerak. Xudo xohlasa, shunday davom etadi. U o'z o'yini bilan ko'p marta hammasini isbotlagan», — deya Nepomnyashchiyning so'zlarini keltiradi «Match TV».
Eslatib o'tamiz, Safonov 2023 yilda «Krasnodar»dan Liga 1 ga ko'chib o'tgandi. PSJ safida 26 yoshli darvozabon Chempionlar ligasi, FIFA Qit'alararo kubogi, UEFA Superkubogi, shuningdek Fransiyadagi barcha sovrinlar — Liga 1, Kubok va Superkubokni qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!