date

PSJ muxlislari sabab klub intizomiy jazoga tortilishi mumkin

PSJ muxlislari sabab klub intizomiy jazoga tortilishi mumkin

Fransiya chempionatining 21-turi doirasida 8 fevral kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tgan «PSJ» — «Marsel» uchrashuvida (5:0) maydondan tashqari voqealar ham diqqat markazida bo'ldi. Le Parisien xabariga ko'ra, parijliklar muxlislari o'zini salbiy tomondan ko'rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tribunalarda «Marsel» manziliga haqoratli shiorlar yangradi, shu mazmundagi bannerlar ham namoyish etildi. Ayrim iboralar irqchilik sifatida baholanishi mumkinligi aytilmoqda, biroq manba suhbatlashgan huquqshunos buni isbotlash oson emasligini ta'kidladi.

O'yin yakuniga 20 daqiqa qolganida muxlislar ko'plab fayyerlar yoqqani sabab bahs vaqtincha to'xtatildi. «PSJ» rahbariyati uchrashuv oldidan ham ishqibozlardan bunday harakatlardan tiyilishni so'rab, vaziyatning oldini olishga uringandi.

Avvalroq klub muxlislari «Pari» jamoasini haqorat qilganidan keyin «PSJ» tribunaning bir qismini yopish jazosi bilan jazolangan edi. Endi voqea yana takrorlangani fonida 18 fevral kuni Intizomiy qo'mita shunga o'xshash qaror chiqarishi ehtimoli yuqori.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ muxlislari sabab klub intizomiy jazoga tortilishi mumkin