Denis Makarov jarohat olib, muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning "Kayserispor" klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohati sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar davomida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangan. Hozirda Makarovning davolanishi davom etmoqda.
Makarov "Kayserispor" safida 3 fevral kuni "Galatasaray"ga qarshi bahsda debyut qilgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, Makarov jamoasi esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, elitada qolish uchun kurash olib bormoqda. Avvalroq yarim himoyachi Moskvaning "Dinamo" klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!