date

Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi

Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub bayonotiga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi o‘rta mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov «Kayserispor» safida 3 fevral kuni «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda debyut qilgan edi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, Makarov jamoasi esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Futbolchi avvalroq Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi