date

Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endilikda pley-off bahslari start oladi: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final yo'llanmasi uchun sakkizta chipta taqdirini hal qiladi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga allaqachon yo'l olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan to'pni ommaga ko'rsatdi. U qoramtir ranglarda, oq yulduzlar tasviri bilan bezatilgan bo'lib, to'p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv shanba kuni, 30 mayda o'ynaladi.

Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi