Marsel De Dzerbi bilan kelishuv asosida xayrlashdi

«Marsel» klubi rasmiy saytida italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbi bosh murabbiylik lavozimini tark etganini ma’lum qildi. Tomonlar hamkorlikni o‘zaro kelishuv asosida yakunlashga qaror qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
De Dzerbi provans jamoasini 2024 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. O‘tgan mavsum uning qo‘l ostida «Marsel» Liga 1da ikkinchi o‘rinni egallab, faqat Parijning «PSJ» klubiga yo‘l bergan edi.
Hozirda «Marsel» 39 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onada bormoqda. Jamoa so‘nggi o‘yinini «PSJ»ga qarshi o‘tkazib, 0:5 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing