Al-Nasr murabbiyi Ronaldo nega dam olayotganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs o‘tkazadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo‘lsa-da, bu o‘yinda u yana jamoaga yordam bera olmaydi.
«Taqvim juda tig‘iz. Shu bois Ronaldoga va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berdik — oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bor», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ronalduning safar o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida bo‘ladigan ayrim bahslarda avval ham qatnashmagan.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!