date

Portugaliya mundialda finalga chiqishni asosiy maqsad qildi

Portugaliya mundialda finalga chiqishni asosiy maqsad qildi

Portugaliya terma jamoasi kelasi yozda jahon chempionatida ishtirok etadi. Turnir uch mamlakat — AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, Portugaliya futbol federatsiyasi jamoa oldiga katta vazifa qo'ydi: mundial finaliga chiqish. Undan oldinroq bosqichda musobaqani tark etish federatsiya tomonidan muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanadi.

Federatsiyada Portugaliya 2026 yilgi jahon chempionatini yutishga ham qodir, degan ishonch bor. Jamoa sardori — Krishtianu Ronaldu, bosh murabbiy esa — Roberto Martines.

Portugaliya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi — 1966 yilda qo'lga kiritilgan uchinchi o'rin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portugaliya mundialda finalga chiqishni asosiy maqsad qildi