date

Kamp'l Rangnik uni oilaviy vaziyatga qaramay maydonga tushirganini aytdi

Kamp'l Rangnik uni oilaviy vaziyatga qaramay maydonga tushirganini aytdi

Oilaviy sharoitlar sabab futbolchilik faoliyatini yaqinda yakunlagan sloveniyalik yarim himoyachi Kevin Kamp'l «RB Leyptsig»dagi davrini eslab, murabbiy Ralf Rangnik uni turmush ortog'i tug'ayotgan paytda ham o'yinga chiqishga majburlaganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kamp'lning so'zlariga ko'ra, o'sha paytda Rangnik unga: «Ortingdan samolyot yuboraman, sen bu uchrashuvda o'ynashing shart», degan.

Gap «Volfsburg»ga qarshi bahs haqida ketmoqda — Rangnik jamoasi bu o'yinda 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuvdan keyin esa Kamp'l murabbiy jurnalistlar bilan suhbatda vaziyatni boshqacha talqin qilib, go'yoki futbolchining o'zi har qanday holatda ham maydonga tushishni juda xohlaganini aytganidan hayratda qolganini qo'shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kamp'l Rangnik uni oilaviy vaziyatga qaramay maydonga tushirganini aytdi