Ronalduning zal mashgʻulotiga qizi ham qoʻshildi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Unda 41 yoshli hujumchi sport zalida gantellar bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining yonida uning qizlaridan biri ham bor: u ham gantel koʻtarib mashq qilmoqda, faqat kichikroq va pushti rangdagi jihoz bilan. Rodriges suratga “Dada” deb izoh qoldirgan.
Avvalroq Jorjina Ronalduni tugʻilgan kuni bilan tabriklagan post ham eʼlon qilgandi. Qiziq tomoni, tabrik futbolchining 41 yoshga toʻlishidan bir kun oʻtib joylashtirilgan.
Shuningdek, Ronaldo “Al-Nasr”ning soʻnggi bir nechta oʻyinlarini oʻtkazib yubordi. Matbuotda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani uchun uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!