Denis Makarov jarohat sabab muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat oldi va hozircha qancha vaqt maydonga tusha olmasligi noma’lum. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa bayonotiga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar Makarovning o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish borligini ko‘rsatgan. Futbolchi davolanishda, reabilitatsiya jarayoni davom etmoqda.
Makarov “Kayserispor” safida 3 fevral kuni “Galatasaray”ga qarshi o‘yinda debyut qilgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, klub esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq yarim himoyachi Moskvaning “Dinamo”sida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!