date

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy toʻp taqdim etildi

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy toʻp taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stikovoy raundda maydonga tushib, 1/8 final yoʻllanmasi uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa toʻgʻridan-toʻgʻri 1/8 finalga chiqib bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun moʻljallangan rasmiy toʻpni namoyish qildi. Dizayn asosan toʻq ranglarda ishlangan bo‘lib, unda oq yulduzlar tasviri aks etgan. Toʻp Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapesht shahrida o‘tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan).

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy toʻp taqdim etildi