date

Ronalduning qizi bilan mashg'ulot zalidagi kadrlar tarqaldi

Ronalduning qizi bilan mashg'ulot zalidagi kadrlar tarqaldi

Krishtianu Ronalduining jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Kadrda 41 yoshli hujumchi sport zalida gantel ko'tarib mashg'ulot o'tayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ronaldu yonida uning qizlaridan biri ham bor: u ham gantel ushlab turibdi, biroq mini o'lchamdagi pushti rangli gantellar bilan. Rodriges suratga “Dada” degan izoh qoldirgan.

Avvalroq Jorjina Ronalduini tug'ilgan kuni bilan tabriklagan edi. Qizig'i, tabrik futbolchi 41 yoshga to'lganidan bir kun o'tib e'lon qilingan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu “An-Nasr”ning so'nggi bir nechta uchrashuvini o'tkazib yubordi. Matbuotda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani sababli o'yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar ham paydo bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning qizi bilan mashg'ulot zalidagi kadrlar tarqaldi