date

Konrad Laymer Bavariyadan maoshini sezilarli oshirishni soʻramoqda

Konrad Laymer Bavariyadan maoshini sezilarli oshirishni soʻramoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi va Konrad Laymer hozircha yangi shartnoma bo‘yicha bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Avstriyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, klub esa hamkorlikni uzaytirmoqchi, biroq muzokaralar oson kechmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko‘ra, Laymer tomoni bonuslarni ham qo‘shgan holda yiliga 15 mln yevro maosh talab qilmoqda. «Bavariya» esa bundan pastroq raqamni taklif qilgan. Hozirda 28 yoshli futbolchi yiliga taxminan 8–9 mln yevro atrofida daromad oladi.

Laymer Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi o‘rni va roli inobatga olinsa, maosh oshirilishiga loyiq deb hisoblaydi. 2023 yildan beri «Bavariya» safida o‘ynayotgan yarim himoyachi so‘nggi paytlarda o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham maydonga tushmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konrad Laymer Bavariyadan maoshini sezilarli oshirishni soʻramoqda