BuFFon Italiya JCHga chiqishiga ishonchi komil

Italiya terma jamoasini yoqimsiz sinov kutmoqda — jamoa mundial yo‘llanmasi uchun pley-off uchrashuvlarida maydonga tushadi. Mart oyidagi bahslar natijasiga ko‘ra, italiyaliklar iyun oyida bo‘ladigan jahon chempionatida o‘ynashi-yo‘qligi aniq bo‘ladi, hozircha bu masala kafolatlanmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq “Skuadra adzurra”ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon bunday vaziyatda ham xotirjam: u Italiya albatta JCHga chiqishiga shubha qilmaydi. Uning fikricha, tarkib kuchli, murabbiy o‘ziga xos, federatsiya esa muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
“Terma jamoamizdan shubhalanamanmi? Eng muhimi — g‘alaba uchun o‘ynash. Maydonga shunday tushish kerakki, keyin afsuslanishga hech narsa qolmasin”, — deya Buffonning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.
Italiya oxirgi bor 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!