Tomas Partiga yana ikki holat bo‘yicha ayblov qo‘yildi

“Vilyarreal”ning markaziy yarim himoyachisi Tomas Partiga nisbatan navbatdagi ayblovlar ilgari surildi. Daily Mail xabariga ko‘ra, Gana terma jamoasi futbolchisi yana ikki epizod bo‘yicha jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, Partining ishi avval ham sudgacha yetib borgan: unga ikki ayol bilan bog‘liq to‘rtta zo‘rlash holati bo‘yicha ayblov qo‘yilgan edi. Yarim himoyachi esa barcha da’volarni rad etmoqda.
Ish bo‘yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan dastlabki eshituv 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbolchi yozda Ispaniyaga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda Parti 21 uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hozircha gol yoki assist bilan ajralib chiqa olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing