date

Konrad Laymer Bavariyada maoshini oshirishni talab qilmoqda

Konrad Laymer Bavariyada maoshini oshirishni talab qilmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi Konrad Laymer bilan yangi shartnoma bo‘yicha hozircha kelishuvga erishgani yo‘q. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, klub rahbariyati uni oldindan yangilashni istamoqda, biroq muzokaralar oson kechmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko‘ra, Laymerning vakillari mijoziga bonuslar bilan birga yiliga 15 mln yevro maosh so‘ramoqda. «Bavariya» esa bundan pastroq raqam taklif qilgan. Hozirda 28 yoshli futbolchi yiliga taxminan 8–9 mln yevro atrofida daromad oladi.

Laymer Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi o‘rni va rolini inobatga olib, maoshi oshirilishiga loyiq deb hisoblamoqda. U 2023 yildan beri «Bavariya» safida o‘ynaydi, yarim himoyachidan o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga moslashib ketgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konrad Laymer Bavariyada maoshini oshirishni talab qilmoqda