Konrad Laymer Bavariyadan maoshini sezilarli oshirishni so'ramoqda

"Bavariya" Konrad Laymer bilan yangi shartnoma bo'yicha hanuz yakuniy kelishuvga kelmadi. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, Myunxen klubi esa u bilan shartlarni yangilashni istaydi, biroq muzokaralar oson kechmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko'ra, Laymerning vakillari bonuslar bilan birga yiliga 15 mln yevro maosh talab qilmoqda. Klub esa bundan pastroq summa taklif qilayotgani aytilmoqda. Hozirda 28 yoshli futbolchining yillik daromadi taxminan 8-9 mln yevroni tashkil etadi.
Laymer Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi roli va maqomidan kelib chiqib, maosh oshirishga loyiq deb hisoblaydi. U "Bavariya" safida 2023 yildan beri to'p surmoqda, yarim himoyachi bo'la turib, so'nggi paytlarda o'ng qanot himoyachisi sifatida ham muntazam maydonga tushyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!