date

Bavariya Laimerga yangi shartnoma taklif qildi, ammo maosh bo'yicha tortishuv ketmoqda

Bavariya Laimerga yangi shartnoma taklif qildi, ammo maosh bo'yicha tortishuv ketmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi Konrad Laimer bilan yangi shartnoma borasida hozircha kelishuvga erishgani yo'q. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, klub esa muddat tugashini kutmay, u bilan shartlarni yangilashni xohlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko'ra, Laimer tomoni bonuslar bilan birga yiliga 15 mln yevro maosh talab qilmoqda. «Bavariya» esa bundan pastroq summa taklif qilgan. Hozirda 28 yoshli futbolchining yillik daromadi taxminan 8–9 mln yevroni tashkil etadi.

Laimer o'zining Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi roli va mavqeini inobatga olgan holda maoshi oshirilishini o'rinli deb bilmoqda. 2023 yildan buyon «Bavariya» safida to'p surayotgan yarim himoyachi keyingi davrda o'ng qanot himoyachisi sifatida ham maydonga tushmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Laimerga yangi shartnoma taklif qildi, ammo maosh bo'yicha tortishuv ketmoqda