Jezush Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berilishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishini tushuntirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so'ng tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham u tarkibda bo'lmaydi.
Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibning yana bir necha futbolchisiga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buning ortida shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadigan «Al-Fateh»ga qarshi muhim chempionat bahsiga tayyorgarlik turganini ta'kidladi.
Shuningdek, u Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini eslatdi: «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan ayrim uchrashuvlarda avval ham hujumchi maydonga tushmagan.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!