date

Jezush Ronaldu yaqin o'yinda maydonga tushmasligini aytdi

Jezush Ronaldu yaqin o'yinda maydonga tushmasligini aytdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda qatnashmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz futbolchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy bu qarorni oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o'yin kutayotgani bilan bog'ladi.

“Al Nassr Zone” keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ham ta'kidlagan: forvard avval ham Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionati doirasidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronaldu yaqin o'yinda maydonga tushmasligini aytdi