date

Konrad Laymer Bavariyadan maoshini oshirishni talab qilmoqda

Konrad Laymer Bavariyadan maoshini oshirishni talab qilmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi Konrad Laymer bilan yangi shartnoma bo'yicha hozircha yakuniy kelishuvga erishgani yo'q. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, klub rahbariyati esa shartlarni oldindan yangilab qo'yishni xohlaydi, biroq muzokaralar oson kechmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko'ra, Laymer tomoni bonuslar bilan birga yiliga 15 mln yevro maosh so'ramoqda, «Bavariya» esa bundan pastroq raqam taklif qilmoqda. Hozirda 28 yoshli futbolchi taxminan yiliga 8–9 mln yevro ishlab topadi.

Laymer esa Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi maqomini inobatga olib, maoshi oshirilishiga loyiq deb hisoblaydi. U 2023 yildan beri «Bavariya» safida to'p suradi, markaziy yarim himoyachidan o'ng qanot himoyachisi roliga ham moslashib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konrad Laymer Bavariyadan maoshini oshirishni talab qilmoqda