date

Darvin Nunes arab ligasi roʻyxatidan chiqarib tashlandi

Darvin Nunes arab ligasi roʻyxatidan chiqarib tashlandi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy chempionat uchun arizadan olib tashlab, roʻyxatga klubga kelib qoʻshilgan Karim Benzemani kiritishni maʼqul ko‘rdi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to‘p surgan. U 2019 yildan beri Urugvay terma jamoasiga chaqirib kelinadi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, u 2022 yil Qatarda o‘tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Darvin Nunes arab ligasi roʻyxatidan chiqarib tashlandi