date

Kurtua Benfika bilan o'yin boshqacha kechishini aytdi

Kurtua Benfika bilan o'yin boshqacha kechishini aytdi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi bo'ladigan to'qnashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoalar umumiy bosqichning so'nggi turida ham uchrashgan, o'sha bahs “qaymoqranglilar” uchun omadsiz yakunlangan edi: 2:4 hisobidagi mag'lubiyat sabab ispan grandi 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani boy bergan. Endi esa Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa pley-offning stykov raundida yana “burgutlar” bilan ro'baro' keladi.

“Lissabondagi o'yin biz uchun juda og'ir bo'lgan. Bu stadionda g'alaba qozonish oson emas. O'sha kuni eng yaxshi futbolimizni ko'rsata olmaganimizni bilaman, lekin biz bu holatdan xulosa chiqardik. Bu safar hammasi boshqacha bo'ladi, chunki oldinda ‘Bernabeu’da javob uchrashuvi borligini yaxshi tushunamiz”, — dedi Kurtua.

Ilk uchrashuv 17-fevral kuni Lissabonda, javob bahsi esa 25-fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua Benfika bilan o'yin boshqacha kechishini aytdi