Al-Nasr murabbiyi Ronalduning tanaffus olayotganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligi sababini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduzning tez orada yana safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvda ham u tarkibda bo‘lmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, tig‘iz taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir necha futbolchiga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turganini ham eslatdi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduning bunday tarzda dam olishi yangilik emasligini, ayniqsa Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda u avval ham bir necha bor maydonga tushmaganini qayd etdi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!