Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray tarixiga kirdi

Turkiya Superligasining 22-tur uchrashuvlaridan birida "Galatasaray" "Eyupspor"ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bahs qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bu o'yinda uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu natija Ikardiga klub miqyosida ham tarixiy yutuq olib keldi: u "Galatasaray" tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Ikardi 76-golini nishonlab, bu boradagi avvalgi yetakchi — ruminiyalik Georghe Haji (75) ko'rsatkichini ortda qoldirdi.
Klub to'purarlari umumiy ro'yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro 2023 yildan beri "Galatasaray" safida o'ynamoqda, undan avval fransuzning "PSJ" klubida to'p tepgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing