date

Martines Ronalduning qachon ketishini o'zi belgilashini aytdi

Martines Ronalduning qachon ketishini o'zi belgilashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral boshida 41 yoshni qarshi olgan hujumchi haqida gapirgan mutaxassis uning jismoniy ko'rsatkichlari hali uzoq vaqt yuqori darajada o'ynashga yetishini ta'kidladi.

«Uning jismoniy holati yana, yana va yana o'ynashga imkon beradi. Menimcha, masala shunda: u qachon o'zi uchun to'g'ri payt kelganini his qiladi. U juda o'ziga talabchan futbolchi. Qachonki endi jamoaga foydasi tegmayotganini anglab etsa, o'shanda to'xtash haqida qaror qiladi», — dedi Martines BBC'ga bergan intervyusida.

Klub miqyosida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, yulduz futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lib, bir necha uchrashuvni o'tkazib yuborganidan so'ng shanba kuni tarkibga qaytishi kutilmoqda.

«Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult saytida matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronalduning qachon ketishini o'zi belgilashini aytdi