date

Pochettino Messi Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi

Pochettino Messi Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yulduz futbolchilar bilan ishlash qanday kechishini esladi. Argentinalik mutaxassis Parijda hujum chizigida Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligi bilan ishlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pochettinoning ta'kidlashicha, bunday darajadagi futbolchilarni bir tizimga moslashtirish har doim ham silliq kechmaydi. Uning so'zlariga ko'ra, ba'zan bu o'yinchilar o'zi to'p surayotgan klubdan ham kattaroq e'tiborga ega bo'ladi.

Mutaxassis Messidan doimiy pressing kutish noto'g'ri ekanini ham qayd etdi: u avval ham bunday uslubda o'ynamagan, hatto Gvardiola davridagi eng yaxshi yillarida ham. Pochettinoga ko'ra, natija bo'lmaganda esa ayb ko'pincha murabbiy zimmasiga yuklanadi, deya The Touchline uning fikrlarini keltirdi.

Hozirda Maurisio Pochettino AQSh terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. OAVda esa yozda u yana "Tottenhem"ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino Messi Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi