Ikardi xet-trik qildi va Galatasarayda rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida “Galatasaray” “Eyupspor”ni 5:1 hisobida yirik mag'lub etdi. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi — u bu o'yinda uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikardining xet-trigi Istanbul klubining tarixiy ko'rsatkichini ham yangiladi. Endi u “Galatasaray” tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi: Mauro o'z hisobini 76 ta golga yetkazib, bu ro'yxatda ruminiyalik Georghe Hadjini (75) ortda qoldirdi.
Umumiy to'purarlar reytingida esa Ikardi hozircha 7-o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri “Galatasaray” sharafini himoya qilib keladi, avvalroq u PSJ safida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing