date

Jorje Jezush Ronalduga navbatdagi o'yin oldidan dam berdi

Jorje Jezush Ronalduga navbatdagi o'yin oldidan dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Avvalroq yulduzli portugaliyalik hujumchi boykotdan so'ng tez orada safga qaytishi mumkinligi aytilgandi, biroq bu o'yinda ham u ro'yxatda bo'lmaydi.

Jezushning so'zlariga ko'ra, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarni asrashga qaror qilgan. Murabbiy bu qarorni shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi bo'ladigan muhim chempionat bahsi bilan bog'ladi.

Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda vaqti-vaqti bilan ishtirok etmasligi «yangilik emasligi»ni, bunday holatlar avval ham ko'p bor kuzatilganini ta'kidladi.

Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jorje Jezush Ronalduga navbatdagi o'yin oldidan dam berdi