Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatiga nuqta qoʻyishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fevral boshida 41 yoshga toʻlgan Ronaldu hali ham yuqori sport formasini saqlab turibdi. Martinesning aytishicha, uning jismoniy ko‘rsatkichlari yana uzoq vaqt maydonda bo‘lishiga yetadi, biroq yakuniy qaror futbolchining o‘zi qachon to‘xtash vaqti kelganini his qilishiga bog‘liq.
“U juda talabchan va o‘zini qattiq baholaydigan futbolchi. Qachonki jamoaga avvalgidek foyda bera olmayotganini anglab yetsa, o‘sha payt qaror qabul qiladi”, — dedi Martines BBC’ga bergan intervyusida.
Klub darajasida Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasida to‘p surmoqda. Xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik yulduz klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani sabab bir necha uchrashuvni oʻtkazib yuborganidan keyin shanba kuni yana tarkibga qaytishi kutilmoqda.
“Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvini LiveResult’da matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!